14 Iyul 2021 yil 373

O‘g‘irlangan telefon egasiga qaytarildi.

Joriy yil 10 iyul' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 9 iyul' kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Yangiqo‘rg‘on tumani Gulshan mahallasida joylashgan nonvoyxonasining tashqi tomonida uxlab yotganida, yonida bo‘lgan narxi 1.300.000 so‘mlik “Redmi 9” rusumli telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni shu tumanda yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech