Nazorat xarid” tadbiri natijasida og‘ufurush qo‘lga tushdi.
Shu yil 16 may kuni soat 17:20 larda, Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakili va viloyat IIB PPXvaJSTB kinologiya xizmati kinologi tomonidan o‘tkazilgan “Nazorat xarid” tadbiri davomida Namangan shahrida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan shahar Davlatobod tumani hududida tadbir ishtirokchisiga 505.000 so‘m pul evaziga to‘q jigarrang rangli, o‘tkir hidli giyohvand moddasiga o‘xshash moddani sotgan vaqtida ushlangan. Namangan shahar IIO FMB EKBning hulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 2.38 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati