Hayvonlarni qarovsiz qoldirmang!
Joriy yil 20 iyun' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 18 iyun' kuni soat 11:00 larda noma'lum shaxs, mahallasi hududida joylashgan dala maydonida qarovsiz qoldirgan narxi 9.000.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari Sh.To‘raboev va Q.Aralovlar tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati