9-sinf o‘quvchisi cho‘milishga borib, telefonini o‘g‘irlatdi.
2021 yil 29 iyul' kuni, Namangan shahrida yashovchi, Namangan shahridagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi ariza bilan murojaat qilib, shu yil 26 iyul' kuni soat 14:30 larda noma'lum shaxs, Namangan shahar Davlatobod tumani hududida joylashgan “Otchopar o‘yingohi”ga cho‘milish maqsadida borib, egnidagi kiyimlarini yechib, cho‘milayotgan vaqtida cho‘ntagida bo‘lgan narxi 1.500.000 so‘mlik “Samsung Galaxy11” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.Namangan shahar IIO FMB Davlatobod tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB Davlatobod tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 iyul' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati