9-sinf o‘quvchisi 200 AQSh dollarini o‘mardi
2021 yil 27 dekabr kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1959 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 08:00 dan soat 12:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, darvoza eshigi ochiq qolganligidan foydalanib, yashash uyiga kirib, yotoqxonasidagi turmush o‘rtog‘iga tegishli ayollar sumkasidan 200 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Kosonsoy tuman IIB JQB boshlig‘i, TEQKB tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Kosonsoy tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, tumandagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi, 2006 yilda tug‘ilgan bola sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 27 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati