25 Noyabr 2021 yil 372

8-sinf o‘quvchisi o‘g‘irlik sodir etdi

2021 yil 23 noyabr kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 22 noyabr' kuni soat 10:00 larda noma'lum shaxs, yashash xonadoni balkonida bo‘lgan shkaf ichidan umumy narxi 3.000.000 so‘mlik bir juft tilla baldoq va 2 dona tilla uzuklarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Davlatobod TIIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni birga yashovchi, tumanidagi maktabning 8-sinf o‘quvchisi, 2006 yilda tug‘ilgan qizi sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB Davlatobod TIIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 23 noyabr' kuni  O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech