8-sinf o‘quvchisi do‘kondan ko‘p miqdorda tovar o‘g‘irladi
2022 yil 22 yanvar' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 15 yanvar' kunidan shu kunga qadar Namangan shahar hududida joylashgan savdo do‘konidan no'malum shaxs, narxi 25.200.000 so‘mlik oziq-ovqat va parfyumeriya mahsulotlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar Yangi Namangan TIIB HPMB profilaktika inspektorlari va JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, Namangan shahridagi maktabning 8-sinf o‘quvchisi, 2007 yilda tug‘ilgan bola sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 28 yanvar' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati