8 bosh ot hayvonlari va “Kobalt” pullarini o‘zlashtirib yuborgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2022 yil 9 fevral kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro G‘.P., Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro M.N. va Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro G‘.P.lar ariza bilan murojaat qilib, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2018 yilda O‘z.R JKning 167-modda 2-qismi sudlangan, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro J.X. ularni ishonchiga kirib, 2021 yil oktyabr' oyida fuqaro G‘.P.ni Kobalt rusumli avtomashinasini 8.200 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, pullarini ikki xaftada berishini aytib avtomashinasini olib ketganligi, 2021 yil 3 noyabr kuni fuqaro M.N.ni bir xaftada qaytarish sharti bilan 3.500 AQSh dollarini, 2021 yil 16 noyabr kuni fuqaro G‘.P.ni 8 bosh otlarini 116.000.000 so‘mga sotib olishga kelishib, pulini bir xaftada berishini aytib, boshqa shaxsga sotib yuborib, ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘raganlar.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 9 fevral kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati