30 May 2022 yil
713
700 000 000 so‘mlik tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan dori vositalari aniqlandi.
Joriy yil 28 may kuni soat 22:00larda olingan tezkor maʼlumot asosida Namangan viloyati IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan Namangan shahrida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Tadbir davomida uyning darvozaxonasida jami 50 dona qutilarda xorij davlatida ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan 116 turdagi 700.000.000 so‘mlik dori vositalarini noqonuniy ravishda saqlab kelayotganligi aniqlandi. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ashyoviy dalillar Bojxona boshqarmasiga topshirildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati