7 million so‘mlik uy jixozlarini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi.
2021 yil 30 yanvar' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi o‘ziga tegishli bo‘lgan Namangan shahrida joylashgan uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, hovlisiga devor oshib kirib, xonada bo‘lgan umumiy narxi 7.000.000 so‘mlik idish-tovoq, kiyim kechaklar, bir dona televizor va bir dona DVD pleerini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB 3-sonli IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 2 fevral' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyat IIB Axborot xizmati