18 Sentyabr 2021 yil 522

7 million so‘mlik molni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi.

2021 yil 15 sentyabr' kuni, Uychi tumanida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 10 sentyabr' kuni soat 12:00 dan soat 16:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, Uychi tumani hududidagi dala yer maydonidan narxi 7.000.000 so‘mlik 1 bosh molini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Uychi tuman IIB JQB tezkor vakillari va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chortoq tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 15 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech