10 May 2021 yil 404

628 196 754 so‘mlik dori-darmonlar boshqa shaxslarga sotib yuborildi.

Shu yil 21 aprel' kuni, Namangan tumanida  yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil may oyida Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan tanishi Namangan shahrida firmadan arzon dori-darmon olib berishini aytib, unga 628.196.754 so‘mlik dori-darmonlarni olish uchun ishonchnoma yozdirib olib, dori darmonlarni olib, boshqa shaxslarga sotib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech