21 Dekabr 2020 yil 294

6 ta gugurt qutidagi "Marixuana"

2020 yil 12 dekabr' kuni o‘tkazilayotgan “Chegara-tozalash” tadbiri davomida, viloyat IIB TEQKB THTB tezkor vakilining bergan ma'lumotiga asosan, Uychi tuman IIB TEQKB tezkor vakillari tomonidan Uychi tumanida shubhali hatti-harakatlar sodir etgan, Uychi tumanida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan fuqaroni to‘xtatilib, xolislar ishtirokida yoni ko‘zdan kechirilganida, egnidagi kurtkasi va shimining cho‘ntagidan 6 ta gugurt qutisida o‘tkir hidli, ko‘kimtir rangli, giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun Uychi tuman IIBga olingan.

Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning sof og‘irligi 22,18 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Uychi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 19 dekabr' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech