7 Oktyabr 2020 yil 543

59 millionlik ikki qoramolni firibgarlik yo‘li bilan olib ketgan shaxsga chora ko‘rildi.

2019 yil dekabr oyida Chust tumanida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro bir necha kishilarning ishonchiga kirib firibgarlik jinoyatini sodir etgan. Hsusan u “Anortog‘ naslchilik bog‘dorchilik” fermer xo‘jaligi tomonidan 29.568.000 so‘mlik kredit asosida chustlik fuqaroga berilgan bir bosh molini sog‘lom molga almashtirib berishini aytib, aldab, molni olib ketib, hozirgi kunga qadar mol yoki pullarini qaytarib bermagan.

Bundan tashqari, u o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, Chust shahrida yashovchi, fuqaroning ishonchiga kirib, fermer xo‘jaligidan 29.596.000 so‘mlik kredit asosida berilgan bir bosh molini huddi shu yo‘l bilan olib haligacha qaytarib bermagan.

Jabrlanuvchilarning ariza va ko‘rsatmalariga asosan ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 6 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech