22 Iyun 2021 yil
643
50 ming so‘mga yaratilgan sharoit ortidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Joriy yil 16 iyun' kuni Yangiqo‘rg‘on tuman IIB HPMB TP profilaktika inspektori A.Xojiev tomonidan, tumanda yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash xonadonida 50.000 so‘m pul evaziga, shu tumanda yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan yigit va Chortoq tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan qizga o‘zaro jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati