31 Oktyabr 2020 yil 564

50 million so‘mlik tilla taqinchoqlar uchun 2 dona oddiy metall zanjir

Joriy yil 23 oktyabr' kuni Namangan shahrida yashovchi ayol IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 12 oktyabr' kuni Chortoq tumanida yashovchi muqaddam O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan sudlangan ayol va uning 18 yoshli singlisi arizachining yashash uyiga kelib, uni ishonchiga kirib, tilla-taqinchoqlarni sotishlarini aytib, umumiy narxi 50.000.000 so‘mlik 9 dona tilla taqinchoqlarini 2 dona sariq metaldan yasalgan zanjirga almashtirib olib ketishganliklarini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan 2020 yil
30 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech