50 million so‘mga chuv tushgan fuqaro firibgarga yana 2 000 AQSh dollari berdi.
Joriy yil 23 fevral' kuni, Uychi tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2019 yil iyul' oyida shu tumanda yashovchi fuqaro uning ishonchiga kirib, molxonasidan 3 bosh mollarini 50.000.000 so‘mga sotib olishga kelishib, pullarni 10 kun muddatda berishini aytib, mollarni olib ketib, pullarini o‘z vaqtida bermay, oradan bir qancha vaqt o‘tib, Qozog‘iston Respublikasidan zotli qora mollarni olib kelib berishini aytib, aldab, undan yana 2.000 AQSh dollarini olib ketib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati