18 Noyabr 2020 yil 503

5 ta gugurt qutisidagi “marixuana”

Joriy yil 13 noyabr' kuni DXX viloyat boshqarmasi va DXX tuman bo‘limi hamda tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Namangan tuman Beshkapa mahallasida shubhali xatti-harakatlar sodir etgan fuqaroni to‘xtatilib, uning yoni holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnida bo‘lgan kamzulini yon chap cho‘ntagidan 5 ta gugurt qutisida hamda shimining o‘ng cho‘ntagidan 2 ta qora rangli sellofan paketga o‘ralgan quruq holdagi o‘tkir xidli, ko‘kimtir rangli, giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.

Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning sof og‘irligi 26,59 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 14 noyabr' kuni O‘z.R JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech