23 Avgust 2021 yil 362

5 million so‘mlik o‘g‘irlangan mol egasiga qaytarildi.

2021 yil 12 avgust kuni, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 12 avgust kuni soat 14:00 larda, noma'lum shaxs, yashash uyi oldiga bog‘lab qo‘ygan narxi 5.000.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mingbuloq tuman IIB JQB tezkor vakili, TEQKB tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Andijon viloyati Andijon tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Mingbuloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021yil 18 avgust kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech