14 Aprel 2021 yil 285

42.200 AQSh dollariga baholangan qora mollar 15.000 AQSh dollariga sotildimi?

Joriy yil 9 aprel kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 8 mart kuni, Uychi tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro uning ishonchiga kirib, Kosonsoy tumani Qo‘qumboy MFYda joylashgan molxonasidan 38 bosh yirik shoxli qora mollarini 42.200 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, 15.000 AQSh dollarini berib, mollarni olib ketib, qolgan 27.200 AQSh dollarini bermasdan, aldab kelayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech