40 million so‘mlik kiyim-kechaklarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi.
Joriy yil 11 fevral kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 9 fevral' kunidan 11 fevral kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, yashash uyi hovlisida bo‘lgan narxi 40.000.000 so‘mlik 2 dona qopda bo‘lgan turli xildagi kiyim-kechaklarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakili, HPMB profilaktika inspektori va kinolog xodimi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni ayolning qo‘shnisi 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati