16 Oktyabr 2020 yil 466

4 yoshli piyoda YTH tufayli jarohаt oldi.

2020 yil 28 sentyabr' kuni soat 19:30 larda, Namangan-Mingbuloq yo‘lining 1 km.da, Namangan tumani Ravnaq MFY hududida, Norin tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro Kobalt rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Namangan tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, 2016 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan.

Natijada, piyoda bosh miya og‘ir ochiq shikasti tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 8 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech