16 Avgust 2021 yil
319
4 yigit xonadondan mol o‘g‘irladi.
2021 yil 14 avgust kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 12 avgust kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, yashash hovlisidagi molxonasidan narxi 7.000.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tergov-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shaxrida yashovchi, 2003 va 2004 yilda tug‘ilgan 4 nafar yigit sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 14 avgust kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati