15 Fevral 2021 yil
357
4 nafar yigit ikki bosh qoramolni o‘g‘irlab ketdi.
Joriy yil 9 fevral' kuni Chust tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Chust tumanida joylashgan dala hovlisidagi molxonani eshik qulfini buzib kirib, molxonada bo‘lgan narxi 15.000.000 so‘mlik 2 bosh mollarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Chust tumani IIB JQB tezkor vakili va profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni shu tumanda yashovchi 4 nafar yigitlar sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyat IIB Axborot xizmati