4 nafar qidiruvdagi shaxslar hibsxonaga joylashtirildi.
Shu yil 30 yanvar' kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Namangan shahrida yashagan, 1970 yilda tug‘ilgan fuqaroni O‘z.R IIV Transportda XTBB Chuqursoy XTB boshlig‘i va Namangan viloyati IIB JQB katta tezkor vakillari tomonidan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hududidan ushlanib, Namangan shahar IIO FMB VSHga joylashtirilgan.
Shu kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 2441-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Kosonsoy tumanida yashagan, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaroni Kosonsoy tumani IIB TEQKB tezkor vakilining ma'lumotiga asosan, viloyat IIB JQB UMIB tezkor vakili, TEQKB tezkor vakili, Kosonsoy tuman IIB TEQKB tezkor vakili va TB tergovchilari tomonidan o‘zi va oila a'zolari bilan olib borilgan profilaktik tushuntirish harakatlari natijasida, 2021 yil 30 yanvar' kuni Domodedovo-Namangan yo‘nalishi orqali Namangan xalqaro aeroportiga kelganida, ushlanib, tuman IIB VSXga joylashtirilgan.
31 yanvar' kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Namangan shahrida yashagan, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaroni viloyat IIB JQB O‘MIB tezkor vakili va Namangan shahar IIO FMB JQB katta tezkor vakillari tomonidan Toshkent shahar I.Karimov halqaro aeraportida ushlangan.
Shu kuni o‘tkazilayotgan yana bir “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaroni viloyat IIB JQB O‘MIB tezkor vakili va tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan Toshkent shahar I.Karimov halqaro aeraportida ushlangan.
Namangan viloyat IIB Axborot xizmati