17 Aprel 2021 yil 210

360 000 so‘mga “Gashish” sotayotgan shaxs ushlandi.

Joriy yil 4 aprel' kuni Namangan shahar IIO FMB JQB boshlig‘i hamda tezkor vakili tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Namangan shahrida yashovchi 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro Olvalizor mahallasida tadbir ishtirokchisiga o‘tkir hidli, to‘q jigarrang rangli moddani 360.000 so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.
Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 0,79 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 273-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech