350 kg yeryong‘oq mag‘izlarini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi.
2021 yil 29 avgust kuni, Chust tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 25 avgust kunidan 28 avgust kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, yashash uyi omborxonasida bo‘lgan narxi 7.000.000 so‘mlik 350 kg yeryong‘oq mag‘izlari o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Chust tuman IIB huzuridagi TB tergovchisi va JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chust tumanida yashovchi, 1999 yil tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 avgust kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati