9 Fevral 2021 yil 436

350 AQSh dollarlik zottor tovuqlar o‘g‘irlab ketildi.

2021 yil 4 fevral' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi Namangan shahrida joylashgan hovlisida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, xonadon kirish eshigi qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib, tovuqxonasida bo‘lgan narxi 350 AQSh dollari bo‘lgan 15 dona “Brama” nomli zottor tovuqlarini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB 1-sonli JQB tezkor vakillari va TB tergovchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 8 fevral' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech