5 Oktyabr 2020 yil 575

33 fuqaroni 411 million so‘mga chuv tushirgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Shu yil 21 sentyabr' kuni, Farg‘ona viloyatida yashovchi fuqaro O‘zbekiston Respublikasi IIVning ishonch telefoniga murojaat qilib, Namangan tumanida yashovchi shaxs 2019 yil dekabr' oyidan, shu yilning iyun' oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 33 nafar fuqarolarning ishonchiga kirib, ularga o‘zi ishlovchi MChJdan maishiy texnika vositalarini olib berishini aytib, ular nomiga hujjatlarni rasmiylashtirgan va narxi 411.382.000 so‘mlik turli xildagi maishiy texnika vositalarini olib, ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan hamda ushbu shaxsga nisbtan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Hozirda holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech