7 Noyabr 2020 yil 473

32 600 000 so‘m pullar qaerda qoldi.

Shu yil 6 oktyabr' kuni Chortoq tumanida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil iyul' oyida, muqaddam O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan sudlangan fuqaro uning ishonchiga kirib, 7 bosh mollarini 75.000.000 so‘mga sotib olishga kelishib, 42.500.000 so‘m berib qolgan, 32.600.000 so‘m pullarini hozirgi kunga qadar bermay, aldab kelayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 4 noyabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech