300.000 so‘mga sotilgan 0,60 gramm “Gashish”
Joriy yil 8 mart kuni viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakili tomonidan, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan shahrida tadbir ishtirokchisiga 300.000 so‘m pul evaziga to‘q jigarrang, o‘tkir hidli, giyohvand moddasiga o‘xshash moddani sotgan vaqtida, ushlangan.
Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 0,60 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati