26 Aprel 2022 yil
503
30.000 AQSH dollariga baholangan “Kaptiva” firibgarning qo‘liga tushdi.
2022 yil 5 aprel kuni Uychi tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil noyabr oyida Uychi tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan uni ishonchiga kirib, Kaptiva rusumli avtomashinasini 30.000 AQSH dollariga sotib olishga kelishib, kelishilgan pullaridan 13.200 AQSH dollari evaziga boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan Lasetti rusumli avtomashinasini berib, Kaptiva rusumli avtomashinasini olib ketib, boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 25 aprel kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati