18 Dekabr 2020 yil
462
30 000 so‘mga sotib olingan jinoyat
Joriy yil 8 dekabr' kuni Namangan shahar Davlatobod tumani IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan Namangan shahrida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan ayol yashash xonadonida 30.000 so‘m pul evaziga Namangan shahrida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro va Uychi tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan ayolni o‘zaro jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 17 dekabr' kuni O‘z.R JKning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati