15 Fevral 2021 yil 373

3 nafar shaxs bir telefonni o‘g‘irladi.

Joriy yil 10 fevral' kuni To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 10 fevral' kuni soat 15:00 larda, Namangan shahrida joylashgan “Chorsu” dehqon bozorida savdo qilib yurgan vaqtida noma'lum shaxs, egnidagi kiyimining cho‘ntagidan narxi 1.500.000 so‘mlik “Samsung-A10S” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakili, 3-sonli IIB JQB tezkor vakili va viloyat IIB PPXvaJTSB PPXB 3-otryad xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi uch nafar fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tmonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech