18 Iyul 2023 yil 209

3 nafar shaxs 1 bosh qo‘yni o‘g‘irladi

2023-yil 14-iyul kuni Uychi tumanida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 14-iyul kuni 12:00 dan soat 16:30 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs, yashash xonadoni qo‘yxonasidan narxi 3.500.000 so‘mlik 1 bosh qo‘yini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni, Uychi tumanida yashovchi, 2004, 2004 va 2003-yilda tug‘ilgan 3 nafar shaxs sodir etganligi aniqlangan hamda ashyoviy dalil olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech