3 nafar firibgarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Joriy yil 11 yanvar' kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yil sentyabr' oyida Namangan tumanida yashovchi fuqaro uning ishonchiga kirib, fuqaroning ukasi va ukasining sinfdoshini Koreya davlatiga ishga yuborishligini aytib, undan jami 2.400 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan hamda ushbu shaxsga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.
Hozirda holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
30 yanvar' kuni Uychi tumani IIBdan kelgan hujjatlarga ko‘ra, Namangan shahrida yashovchi fuqaro Uychi tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2019 yil iyul' oyida shu tumanda yashovchi shaxs uning ishonchiga kirib, qora mollar olib kelib berishligini aytib, Namangan shahar G‘ishtko‘prik MFY hududida undan jami 3.000 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan va chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
4 fevral' kuni Namangan tumanida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yil mart oyida shu tumanda yashovchi fuqaro uning ishonchiga kirib, Neksiya-3 rusumli avtomashinasini 8.900 AQSh dollariga kelishib sotib olib, pulini bir oy muddatda berishga kelishib, avtomashinani olib ketib, pullarni hozirgi kunga qadar bermaganligini ma'lum qilgan va chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati