19 Oktyabr 2020 yil 442

3 million so‘m pullarni o‘margan ayol qo‘lga olindi.

Shu yil 16 oktyabr' kuni, Norin tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, 15 oktyabr' kuni soat 14:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, hovlisiga devor oshib kirib, yotoqxonasida bo‘lgan sumkasi ichidan 3.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Norin tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan. Daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 17 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech