18 Avgust 2021 yil 326

3 bosh molning pulini ololmagan fuqaro IIBga murojaat qildi.

2021 yil 23 iyul' kuni, Uychi tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil aprel' oyida tanishi, Uychi tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro uni yashash uyidan uch bosh molini 54.000.000 so‘mga sotib olib, oldindan 2.000.000 so‘mini berib, qolgan qismini bir oy ichida berishini aytib, mollarni boshqa shaxsga sotib yuborib, hozirgi kunga qadar pullarini bermay, aldab kelayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 17 avgust kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech