19 Oktyabr 2020 yil
498
2ta Sparkni 500 AQSh dollariga sotib olgan firibgarga qonuniy chora ko‘rildi.
Shu yil 10 oktyabr' kuni, Toshkent shahrida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil yanvar' oyida Namangan shahrida yashovchi tanishi uning ishonchiga kirib, 2 dona Spark rusumli avtomashinalarni 26.200 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, 500 AQSh dollarini berib, qolgan pullarini har oyda 350 AQSh dollaridan 3 yil davomida berishini aytib, avtomashinalarni boshqa shaxsga sotib yuborganligi biroq pullarni bermayotganini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 17 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati