3 Fevral 2021 yil 416

29.500.000 so‘mlik kredit pullarini o‘zlashtirib olgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

2021 yil 21 yanvar' kuni, Pop tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil sentyabr' oyida tanishi, Pop tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, uni nomiga “Xalq banki” Pop tumani filialidan mayda shoxli qora mol uchun 29.500.000 so‘m kredit mablag‘ini chiqarib, o‘zini ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 2 fevral' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech