3 Iyul 2021 yil 405

28 yoshli ayol, mis simlarni o‘mardi.

2021 yil 30 iyun' kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 30 iyun' kuniga o‘tar kechasi Namangan shahrida joylashgan qurilish mollari savdo do‘koni tashqi tomonida qarovsiz qoldirganligidan foylangan noma'lum shaxs, narxi 2.996.500 so‘mlik mis simlarni o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB Yangi Namangan TIIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 2 iyul' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech