23 Sentyabr 2021 yil
342
27 yoshli fuqaro dala maydonidan mol o‘g‘irladi
2021 yil 20 sentyabr' kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Kosonsoy tumani hududidagi dala maydonidan narxi 5.300.000 so‘mlik 1 bosh molini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Kosonsoy tuman IIB HPMB profilaktika inspektori va JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 20 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati