30 Oktyabr 2024 yil 7620

“25-oktyabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan Namangan viloyati IIBning “Jasorat” muzeyini ochilish marosimi tantanali ravishda o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-son qaroriga muvofiq Ichki ishlar organlarida kadrlar salohiyati darajasini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlari “Yo‘l xaritasi”ning 8-bandi va Ichki ishlar vazirligining 2023 yil 7--aprel kunidagi 178-son “Ichki ishlar organlarida muzeylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasining “Jasorat” muzeyi tashkil etildi.

Tantanali ravishda o‘tkazilgan mazkur tadbirda Boshqarma rahbariyati, shahar-tuman IIB xodimlari, shahar-tumanlardan 150 nafardan ortiq faxriylar, akademik litsey o‘qituvchi va o‘quvchilari hamda boshqa sohaga daxldor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida polkovnik Shuxrat Aliyev “Jasorat” muzeyining ochilish marosimi munosabati bilan xodimlar va faxriylarni samimiy tabriklab, ushbu muzeyni yangicha zamonaviy qiyofada va raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilganligi, muzeyga nafaqat xodimlar va faxriylar, fuqarolar va maktab o‘quvchilar tashrif buyurishi mumkinligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Maʼlumot uchun bu muzeyda Namangan viloyatida Ichki ishlar organlarini tashkil etilishidan, bugunga qadar bo‘lgan faoliyati yoritilgan bo‘lib, ular haqidagi maʼlumotlarni zamon talablariga mos ravishda raqamli texnologiyalar asosida, yaʼni QR kod orqali 3 tildagi (o‘zbek, rus va ingliz) audioyozuv orqali maʼlumot berilishi diqqatga sazovordir.

Shu bilan birga muzeyda alohida zamonaviy va qulay “Videozal” tashkil etilgan bo‘lib, unda tashrif buyuruvchilar Namangan viloyati IIB va uning quyi tizimlarining tarixi, hozirgi kundagi faoliyati va boshqa sohaga daxldor videolavhalar hamda hujjatli ko‘rsatuvlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech