16 Aprel 2022 yil
598
2022 yil 14 aprelʼ kuni, Namangan viloyati Ichki ishlar Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik O.A. Xujakulov huzurida Boshqarmaning katta majlislar zalida 2022 yil 3-oy yakunlari bo‘yicha “Huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar” bo‘yicha tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.
Ushbu tezkor yig‘ilishda, tuman IIB boshliqlarining o‘rinbosarlari JXXB boshliqlari, HPB boshliqlari, sohaviy xizmat xodimlari, profilaktika inspektorlari, Namangan shahar IIO FMB 1,2-sonli IIB boshliqlari ishtirok etdi. Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari O.A. Xujakulov olib borib 2022 yil 3 oy davomida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan HPB boshlig‘i podpolkovnik A.I.Dadaxanovga so'z berdi. Yig‘ilish yakunida jami 15 nafar o‘zlarini ijobiy tarafdan ko‘rsatgan, o‘zlariga biriktirilgan xizmat hududlarida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashishda ijobiy natijalar qayd etgan xodimlar rag‘batlantirildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati