2004-yilda tug‘ilgan shaxs ot hayvonini o‘g‘irladi.
2022 yil 16 mart kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, yashash uyi hovlisiga devor o‘ralmagan joyidan kirib, otxonasida bo‘lgan umumiy narxi 10.000.000 so‘mlik bir bosh otini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 17 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati