20 yoshli yigit xonadonga o‘g‘irlikka tushdi.
2021 yil 23 avgust kuni, Norin tumanida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 19 avgust kuni soat 14:30 dan 22 avgust kuni soat 22:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yashash xonadonida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, ochiq qolgan darvoza orqali kirib, yotoqxonasida bo‘lgan 1.200.000 so‘mlik telefon apparati va narxi 20.000 so‘mlik telefon zaryadlash moslamasi hamda 200.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Norin tuman IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Norin tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 24 avgust kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati