3 Iyul 2021 yil
511
20 yoshli haydovchi sabab “O‘lim” qayd etildi.
2021 yil 2 iyul' kuni soat 17:50 larda, Yangiqo‘rg‘on-Namangan yo‘lining 5 km.da, Yangiqo‘rg‘on tumani Radivon MFY hududida, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinasini ishonch qog‘ozi orqali boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Chortoq tumanida yashagan, 1968 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, piyoda olgan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 2 iyul' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati