20 millionlik tilla taqinchoqlarni o‘margan shaxs ushlandi.
2021 yil 11 iyul' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi, yashash xonadonining darvozasi ochiqligidan foydalangan noma'lum shaxs, mexmonxonasidagi shkaf ustida bo‘lgan umumiy narxi 20.000.000 so‘mlik bir dona tilla zanjiri, bir juft baldoq va 2 dona tilla uzuklarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib chora ko‘rishni so‘ragan.Namangan shahar IIO FMB Yangi Namangan tumani IIB JQB tezkor vakili, HPMB TP profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 19 iyul' kui O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati