25 Sentyabr 2021 yil 344

2 qop namatak mevalari o‘g‘irlandi.

2021 yil 21 sentyabr' kuni, Pop tumanida yashovchi, 1940 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 13 sentyabr' kunidan 16 sentyabr' kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, Pop tumani hududida joylashgan bog‘idan narxi 540.000 so‘mlik 2 ta qopda bo‘lgan namatak mevalarini o‘g‘irlab ketganligi ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat bo‘yicha olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Pop tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 24 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech