28 Sentyabr 2021 yil 325

18 yoshli yigit o‘g‘irlik sodir etdi.

Joriy yil 25 sentyabr' kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Kosonsoy tumanida joylashgan dala maydonida qarovsiz qoldirgan narxi 4.000.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Kosonsoy tuman IIB HPMB profilaktika katta inspektori va tuman JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 26 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech